Messi PSJga yordam berolmaydi!

  • 07.05.2022 23:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ yulduzi Lionel Messi jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmadi, deb xabar bermoqda frantsiyalik jurnalist Adrien Grene.

Manbaning ta’kidlashicha, 34 yoshli argentinalik hujumchi yakka tartibda shug‘ullangan. Uning “Trua”ga qarshi bo‘ladigan bahsda qatnashish katta so‘roq ostida turibdi.

Lionel Messi yangi chempionatda qayd etayotgan ko‘rsatkichlari avvalgi natijalaridan ancha yiroq ekani tufayli ko‘p tanqid qilinmoqda. Mohir to‘purar Frantsiya chempionatida 23 ta uchrashuvda atigi to‘rtta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida 13 ta assist ham bor.

PSJ joriy mavsumda muddatidan oldin Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!