Messi Saudiya Arabistoni klubining taklifini rad etdi

  • 31.05.2023 23:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistoni jamoasiga qiziqishni yo‘qotdi.

"Ole" nashri jurnalisti Ernan Klausning fikricha, Messi haqiqatan ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qiziqishni yo‘qotgan. Argentinalik forvard "Al-Hilol"ga o‘tish variantidan voz kechdi.

Manbaning yozishicha, bunga sabab bu mamlakatda futbol darajasi Messi o‘rganib qolganidan pastroq.

Ayni paytda “Inter Mayami” jahon chempionini olib kelish uchun kuchli taklif tayyorlamoqda. Devid Bekxem jamoasi ehtimoliy transfer borasida juda optimistiq fikrda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!