Messi Saudiya klubiga qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 4 may, 2023, 17:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messi baribir Saudiya Arabistoniga borishi kutilmoqda.

Tecno

Onda Cero nashrining ma’lum qilishicha, argentinalik jahon chempioni keyingi mavsumni “Barselona”da o‘tkazib, bir yildan keyin Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Messining otasi Xorxe ayni paytda saudiyaliklar bilan muzokara o‘tkazmolqda va suhbat chog‘ida mana shu variant ham muhokama qilinadi.

“Al-Hilol” jamoasi Leoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor. Saudiyaliklar etti karra “Oltin to‘p” sohibiga har mavsum uchun 400 million evrodan pul to‘lamoqchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!