Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Messi so‘nggi bahsda nega maydonga tushmadi?

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Bosh murabbiy futbolchining holati haqida gapirdi

"Inter Mayami" murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messining "Xyuston Dinamo"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaganligi haqida gapirdi.

- Hech bir futbolchi o‘z holatini Messi kabi yaxshi bilmaydi. Olti kun ichida uchta o‘yindan so‘ng, Lionelga dam berish kerak degan xulosaga keldik. Ayniqsa, bir necha soat davom etadigan safar paytida, - deya mutaxassis so‘zlarini keltirdi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" safarda 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Messi 2023 yilning yozida Florida jamoasi safiga qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati joriy yil oxirida yakunlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q