Messi va Aguero yangi mavsumni bir jamoada boshlashi mumkin

  • 13.04.2021 21:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli argentinalik futbolchining agenti ayni damda Barselona shahrida bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar yozda erkin agentga aylanadigan futbolchini tarkibga qo‘shib olish bo‘yicha jiddiy ishlar olib borilmoqda.

Agueroning “Barsa”ga o‘tishi bevosita Lionel Messining qaroriga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Chunki ushbu ikki argentinalik uzoq yillardan buyon yaqin do‘st hisoblanadi.

Aguero joriy mavsum premer-ligada jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!