Messi yana “Oltin to‘p”ni olsa, katta janjal bo‘ladi
Futbolchilarning eng nufuzli sovrini “Oltin to‘p” topshiriladigan palla yaqinlashib kelmoqda. Axborot manbalarida bu gal ushbu sovrinni o‘z faoliyati davomida sakkizinchi marotaba Lionel Messi qo‘lga kiritishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.
“Vest Xem” futbolchisi Maykl Antonio yana Messiga bu sovrin topshirilishi katta muammolarni keltirib chiqarishini aytdi.
- Men Messining jahon chempionatida g‘olib chiqqani katta voqea ekanini tushunib turibman. Lekin o‘tgan mavsum treblga erishgan jamoani unutib bo‘lmaydi va Erling Xoland bu muvaffaqiyat uchun nimalar qilganini va barcha rekordlarni yangilaganiga ko‘z yumish mumkin emas.
Xoland “Oltin to‘p”ni olishga loyiq. Agar bu sovrin unga berilmasa, katta mojaro kelib chiqadi, - dedi Maykl Antonio.
Fikrlar