Messini olish yo‘li bor!
“Barselona” prezidenti Joan Laporta argentinalik yulduz Lionel Messini ortga qaytarish rejasi borligini oshkor qildi.
- Men Leoni bolaligida klubga kelganidan beri bilaman va uni yaxshi ko‘raman. Hozir o‘zimni uning oldida qarzdordek his qilyapman.
Uning klubdan ketishi chiroyli bo‘lmadi. Biz o‘yinchidan ko‘ra klub manfaatlarini ustun qo‘ygan edik. Men Messini ortga qaytarmoqchiman.
Lionel faoliyatini “Barselona”da yakunlashi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Muxlislarimiz uni olqishlashlari lozim.
Bu bizning maqsadimiz va uni ro‘yobga chiqara olishimizga umid qilaman. Bizda Leoni klubga qaytarish rejasi bor.
Hozir bu haqda gapirish noo‘rin. Chunki u PSJ futbolchisi. Uning ir yillik shartnomasi tugasin, hozir unga nisbatan hurmat saqlashimiz kerak, - dedi Joan Laporta.
Lionel Messi “Barselona” tarkibida 21 yil faoliyat ko‘rsatdi. Bu davr ichida argentinalik yulduz kataloniyaliklar safida 77 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 670 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlarini 302 marta golli pas bilan ta’minladi.
Fikrlar