Messining "Bavariya" muzeyida libosi saqlanishi bilarmidingiz? (foto)

Argentina terma jamoasi va PSJ klubi futbolchisi Lionel Messining futbolkasi "Bavariya" muzeyida saqlanadi. Uning "Barselona" safida bir yil davomida 91 gol urgan mavsumdagi libosi myunxeliklar muzeyida saqlanadi. 

Gap shundaki, Messi o‘sha yili 1 yilda 91 ta gol urib, "Bavariya" afsonasi Gerd Myullerning rekordini yangilaydi va sovg‘a tariqasida o‘z libosini sobiq futbolchiga tuhfa etadi. Bu hozirda nemis klubi muzeyida saqlanadigan jamoaga tegishli bo‘lmagan yagona buyum hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Messi Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 

messi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!