
Messining do‘sti uni eng zo‘rligini tan olmadi
Lionel Messi bilan Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilgan Serxio Aguero jahon futboli tarixidagi eng zo‘r hujumchilar uch nafari nomini aytdi.
Futbol tarixida eng zo‘r uch nafar hujumchi – Ronaldo, Terri Anri va Luis Suares. O‘rinlar tartibi ham huddi shunday, - dedi Serxio Agujro.
Serxio Agueroning yulduzlik davri “Manchester Siti”da bo‘lgan. 2011 yili “shaharliklar” safiga qo‘shilgan futbolchi besh martalan Angliya Premer-ligasi va mamlakat kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, uch marta Angliya Superkubogi va olti bor Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Aguero “Manchester Siti” uchun jami 390 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 260 ta gol urgan hamda jamoadoshlarini 73 marta golli pas bilan ta’minlagan.
Fikrlar