
Messining o‘rnini boshqa “qariya” egallaydi
PSJ rahbariyati hali ham Lionel Messini bosa oladigan o‘yinchi qidirmoqda. Mutasaddilar bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqyapti.
Bir necha manbalarning yozishicha, Lionel Messi klubdan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rnini chililik hujumchi Aleksis Sanches egallashi kutilmoqda.
Parij klubi vakillari Sanchesning agentlari bilan muloqotga kirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining agenti Parijga kelgan va muzokaralarda qatnashyapti.
34 yoshli Aleksis o‘tgan yildan beri Frantsiya chempionatida “Marsel” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.
Tomonlar kelisha olsa, Sanches PSJ tarkibiga erkin agent sifatida bepul qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar