
Messining terma jamoadagi muvaffaqiyatsizliklari aks etgan multfilmni tomosha qiling (video)
Bleacher Report portali Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining Amerika kubogidagi navbatdagi muvaffaqiyatsizligini aks ettiruvchi Super Mario videoo‘yini ko‘rinishida maxsus videorolik tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, “albasetlar” kecha musobaqa yarim finalida mezbon Braziliyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishgan edi. Qayd etish lozimki, 32 yoshli Messi hozircha terma jamoasi safida birorta ham musobaqada g‘olib chiqa olmadi.
Fikrlar