
“Metallurg” bir kunda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, ikkalasida ham g‘alaba qozondi
Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha Qibray o‘quv-mashg‘ulot maskanida bir yo‘la ikkita nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Dastavval ma’danchilar Pro-liga vakili “Nurafshon” jamoasi bilan kuch sinashib, kichik hisobda g‘alaba qozonishdi. O‘yin taqdirini Sergey Tumasyan tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.
Ikkinchi uchrashuvni esa Andrey Shipilov shogirdlari “Paxtakor” yoshlariga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida zafar quchishdi. Mazkur o‘yinda Bahodir Pardaev, Zohid Abdullaev hamda Xudoyshukur Sattorov o‘zlarini ko‘rsatishdi. “Metallurg” Superliganing 2-turiga qadar yana bitti ko‘rik o‘yinida maydonga tushishni rejalashtirgan.
Fikrlar