"Metallurg" bosh murabbiyi: "Yosovichning safdan chiqishi himoyadagi o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatdi"

  • 5 may, 2023, 06:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan «Buxoro» – «Metallurg» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

«O‘tgan turdagi og‘ir uchrashuvdan so‘ng bugun bellashuvni yomon boshlamadik. Yosovichning safdan chiqishi himoyadagi o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatdi. U maydonni tark etishi bilan o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga harakat qildik. To‘pni nazorat qildik, ammo vaziyatlar yarata olmadik. Bu borada muammolar mavjud va uning ustida ishlaymiz.

Superliga haqida o‘tgan safar ham ta’kidlagan edim. Chempionat saviyasi yaxshi, har-xil o‘yinlar guvohi bo‘lyapmiz. Ammo boshqa chempionat bilan taqqoslashni istamagan bo‘lardim», – dedi Steshevich.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!