"Metallurg" oilasiga xush kelibsan, David!

  • 19 noyabr, 2021, 19:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bekobodning "Metallurg" PFK qoshida ochilgan "El Golazo Academy Powered by Real Madrid" futbol akademiyasida yana bir ispaniyalik mutaxassis ish boshladi.

Kuni kecha Madriddan Bekobodga “Real Madrid Foundation” tomonidan  akademiyaning yangi koordinatori sifatida tayinlangan David Blazkuez etib keldi.

david

Ma’lumingizkim, mazkur lavozimda faoliyatini boshlagan Luisma Ernandez ayni paytda «Metallurg» PFK bosh murabbiyi sifatida mehnat qilmoqda. Shu sababdan endilikda David Blazkuez akademiyada yo‘riqchi sifatida ishlaydi va akademiyaning  yanada samarali faoliyat ko‘rsatishida o‘zining hissasini qo‘shadi.

Shu narsani qayd etish kerak, David Blazkuez 2017 yildan beri “Real Madrid Foundation”da faoliyat olib bormoqda. Biz Davidga "Metallurg" PFK ahil oilasiga xush kelibsan deymiz va uning "El Golazo Academy Powered by Real Madrid" futbol akademiyasidagi faoliyatiga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!