"Metallurg" Turkiyada 4 ta nazorat o‘yinini o‘tkazadi. Raqiblardan 2 tasi ma’lum

  • 31 yanvar, 2022, 19:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” jamoasi ham Turkiyada yig‘in o‘tkazishni rejalashtirgan. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Antaliyada 4 ta nazorat o‘yini mo‘ljallangan.

Tecno

“Bekobodliklar Toshkentda tayyorgarlikni yana ikki kun davom ettirishadi. Shundan keyin jamoa a’zolari uchinchi bosqichni o‘tash uchun xorijga – Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladi. “Metallurg” xorijda to‘rtta nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozircha sparring raqiblardan ikkitasi ma’lum. Bular - Ukrainaning “Metallist” hamda Armanistonning “Alashkert” jamoalaridir. Yana ikkita raqib bilan dastlabki kelishuv bor, ammo uzil kesil bir to‘xtamga kelinmagan. Shu sabab qolgan uchrashuvlardagi raqiblar haqida keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beramiz”, - deyiladi xabarda.

met111

Eslatib o‘tamiz, Luisma Ernandes boshchiligidagi “Metallurg” Turkiya safariga 3 fevral sanasida uchib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!