Milan-2026. Qishki Olimpiya o‘yinlarida hamyurtimiz o‘z chiqishini yakunladi

  • 14.02.2026 19:53
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Olimpizm

Medet Nazarov gigant-slalom dasturidagi ishtirokini yakunladi

Italiyaning Milan shahri qishki olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilmoqda. Bugun hamyurtimiz Medet Nazarov togʻ changʻisining  gigant-slalom dasturida ikkinchi startini ham amalga oshirdi. Unda yurtdoshimiz dastlabki urinishidan yuqoriroq natija koʻrsatishga erishdi (1:21.14).

Ikki start yakunida 2:46.89 daqiqa qayd etgan Nazarov ushbu dasturni 50-pogʻonada yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!