"Milan" 21 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 6 iyul, 2019, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Lissabonning “Benfika” klubi yarim himoyachisi Jedson Fernandesh faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Skay Sport Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 20 yoshli portugaliyalik futbolchiga “Milan”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Rossonerilar” xatto ushbu transfer borasida futbolchining agenti bilan ham bog‘lanishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra “Benfika” Fernandeshning transferini 30 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Fernandesh o‘tgan mavsum lissabonliklar safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!