"Milan" Afrika Kubogining eng yaxshi futbolchisini xarid qildi

  • 4 avgust, 2019, 14:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim ximoyachi Ismael Bennaser "Empoli" klubidan "Milan"ga o‘tdi.

Tecno

Klub futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini tasdiqladi.

Avvalroq, futbolchining transferi uchun 16 mln evro va 1 mln evro ko‘rinishidagi bonus qo‘shib berilishi ma’lum bo‘lgan.

Bennaser 2017 yili "Empoli" klubiga "Arsenal"dan o‘tgan.

"A" seriyaning so‘nggi mavsumida, futbolchi 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2019 yilgi Afrika Kubogida Aljir termasining chempionligi bilan birga, Bennaser musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Manba:"Milan" klubi rasmiy sayti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!