"Milan" Afrika Millatlar kubogining eng yaxshi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oladi

  • 21.07.2019 16:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi o‘z safini "Empoli" yarim himoyachisi Ismil Bennosir bilan to‘ldiradi. Bu haqda klub sport direktori Petro Akkardi ma’lum qildi.

Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli jazoirlik futbolchi kuni kecha yakuniga etgan Afrika Millatlar kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Uning transferi esa “rossonerilar”ga  16 million evroga tushishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bennosir o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!