
"Milan" bu tur g‘alaba qozondi va peshqadamlikni mustahkamladi (video)
Italiya A Seriyasining 13-turida peshqadam “Milan” safarda “Sassuolo”ga qarshi bahs olib bordi.
“Rossonerilar” ushbu o‘yinda 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Milan”ga g‘alaba keltirgan gollarni Rafael Leau (1') va Aleksis Salemakers (26') kiritdi. Mezbonlarning yagona javob goliga Domeniko Berardi (89') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qiling:
Fikrlar