"Milan" "Chelsi"ning yana bir futbolchisiga og‘iz solmoqda
Loftus-Chikni o‘z safiga deyarli qo‘shib olgan "Milan" "Chelsi"ning yana bir futolchisini tarkibga olib kelish niyatida.
Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, London klubi Kristian Pulishichni "rossonerilar"ga 25 million evro evaziga sotishga tayyor. Biroq Italiya grandi bu summani ko‘p deb hisoblaydi. Shu tufayli ular "aristokratlar"dan narxni tushirishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pulishichning "Chelsi" bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar