"Milan" yetakchisiga yangi shartnoma taklif qildi

  • 25.01.2026 15:07
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik darvozabon Mayk Menyan "Milan"da qoladigan boʻldi. Bu haqida jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, "rossonerilar" posbon bilan yangi shartnoma borasida ogʻzaki kelishuvga erishgan. Yangi bitim 2031 yilning yozigacha tuzilishi reja qilinmoqda. Frantsiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib oʻtamiz, Menyan 2021 yildan beri Italiya klubi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 187 ta uchrashuvda maydonga tushib, 70 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!