Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

Milan-Kortina-2026: O‘zbekiston 4 ta yo‘llanmaga ega chiqdi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Milan-Cortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlari startiga sanoqli kunlar qoldi.

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. Oʻzbekistonlik sportchilar ushbu yilning eng nufuzli musobaqalaridan biriga 4 ta yoʻllanma qoʻlga kiritishdi.

Saralash tsikli yakuniga koʻra, Dmitriy Chigirev hamda Ekaterina Geynish figuralı uchishning juftlik, Medet Nazarov togʻ changʻisining slalom va gigant-slalom, Daniil Eybog short-treknig 500 metr masofaga yugurish yoʻnalishlarida Olimpiada yoʻllanmalariга sazovor boʻlishdi.

Afsuski, tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi. Shu bois, musobaqalarda sportchilarimiz togʻ changʻisi va short-trek dasturlarida startga chiqishadi.

Eslatib oʻtamiz, boʻlajak qishki Olimpiya oʻyinlari 6-22 fevral kunlari Italiya ning Milan hamda Kortina-dʻAmpesso shaharlarida oʻtkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q