
"Milan" kuchli beshlikda yagona jamoaga aylandi
Kuchli beshlik (Angliya, Ispaniya, Italiya. Germaniya va Frantsiya) chempionatlarida bu mavsum mag‘lubiyatga uchramagan faqatgina bir jamoa qoldi. Bu "Milan" klubidir.
A Seriyada peshqadamlik qilib turgan "rossonerilar" bugungi kunga qadar 13 uchrashuvda maydonga tushdi va 9 bahsda g‘alaba qozonib, 4 ta o‘yinda durang o‘ynadi.
Angliyada "Liverpul", Ispaniyada "Atletiko", Germaniyada "RB Leyptsig", "Bavariya" va "Volfsburg"da, Frantsiyada esa "Lill" hamda "Lion"da bittadan mag‘lubiyat mavjud.
Qayd etish joiz, "Yuventus" kecha oqshom mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatini "Fiorentina"dan qabul qilib oldi.
Fikrlar