"Milan" Maldinini yana ijaraga berdi
"Milan" yarim himoyachi Daniel Maldinini yana ijaraga berdi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 22 yoshli italiyalik futbolchi mavsumning ikkinchi qismini "Montsa" safida o‘tkazadi. Klub uni "rossonerilar"dan 2024 yilning yoziga qadar ijaraga olgan.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi joriy mavsumni "Empoli"da boshladi. "Empoli" Maldinini 2023 yilning iyun oyida bir yilga ijaraga olgan edi. Futbolchi ushbu jamoa safida A Seriyada bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va muddatidan avval "Milan"ga qaytdi.
Ma’lumot uchun, "Montsa" 2018 yilda marhum Silvio Berluskonining Fininvest kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Klub rahbari Adriano Galliani hisoblanadi.
Fikrlar