«Milan» «Manchester Yunayted» himoyachisi uchun 50 million yevro sarflashi mumkin
Muhammadqodir Ruzmatov
«Milan» «Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yoroni 50 million yevro atrofida sotib olishni rejalashtirmoqda.
«Milan» kelasi yozgi transferlar oynasida markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Klub e’tiborini «Manchester Yunayted» futbolchisi Leni Yoroga qaratgan.
Manbaga ko‘ra, «rossonerilar» fransuz himoyachisini sotib olishni rejalashtirmoqda. Italiyaliklar futbolchining agenti Jorje Mendes yordamida transferni 50 million evrodan oshmaydigan summa evaziga amalga oshirishga umid qilmoqda.
Leni Yoronning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million evro deb baholamoqda.

Izohlar (0)