Milan Mitrovich: “Hech kimdan uzr so‘ramoqchi emasman”

  • 12 avgust, 2023, 15:05
  • 12
  • Futbol

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan voqea bir necha soat davomida futbol olamida keng muhokamalarga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor. Shu bois, “So‘g‘diyona” futbolchisi bilan aloqaga chiqdik. Uning aytishicha, voqea aslida umuman boshqacha ko‘rinish olgan.

Sen uchun muqaddas bo‘lgan suvni olib qo‘yishganidan g‘azablanganing haqida aytyapsan. Seni bu qadar asabiylashishingga sabab bo‘lgan bu suv nima edi o‘zi?

-  Bu men cherkovdan olib kelgan muqaddas suv. Men uchun uning ahamiyati juda katta. Asabiylashganimni sababi bu suvni ular qaerga berkitganini uzoq vaqt davomida so‘radim. Ular esa, xuddi hech narsani bilmaydigandek o‘zini tutdi. Ularga bu suvni o‘g‘irlab olish huquqini hech kim bermagan.

Sen professional futbolchisan. Bunday keskin holatlar birinchi marta karerangda sodir bo‘lgani yo‘q. Agressiv yondashganing qanchalik to‘g‘ri bo‘ldi deb hisoblaysan?

-  Xa, professional futbolchiman. Doim maydonda o‘zimni shunday tutganman, ammo bu holatda o‘zimni aybdor deb hisoblamayman. Hozir, barcha meni aybdor ekanligimni tinmay takrorlamoqda. Hech kim vaziyatni yaxshilab o‘rganish yoki uni mohiyatini anglashga urinmayapti. Bolalarni birovni narsasini o‘g‘irlashga undaydigan “odamlar” aslida aybdor.

Bu hodisa futbol olamida negativ emotsiyalarga sabab bo‘ldi. Nima deb o‘ylaysan, 10 yoshli bolalarga nisbatan qilingan agressiv munosabat qanchalar to‘g‘ri?

-  Men ularni urushganim yo‘q. Xahorat qilmadim. Shunchaki, suvimni topib berishlarini so‘radim. O‘sha epizodda meni jahlimni chiqargan yagona inson darvoza ortida turgan “erkak” edi. Aniq bilaman, aynan u bolalarni suvimni o‘g‘irlashga undagan.

Ana shu bolalardan biri seni farzanding bo‘lganida, bu vaziyatga ota sifatida reaktsiyang qanday bo‘lgan bo‘lar edi?

-  Birinchi navbatda men bolalarimni o‘g‘irlik qilmaslikka o‘rgataman. Agar bunday qilsa, albatta qilmishi uchun jazolayman. U birovni narsasini ruhsatsiz olishi mumkin emas!

Milan o‘zbek futboli ishqibozlari seni doim hurmat qilgan. Bu mehr va e’tiborni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaysanmi?

-  Asl haqiqatni bilgan insonlar men haq ekanligimni biladi. Men hech qachon ishqibozlarga nisabatan keskin fikr bildirmaganman. Vaholanki, ularning aksariyati meni haqorat qiladi va doimo bosim o‘tkazishga urinadi. Men professional futbolchiman. Haqiqat bir kun yuzaga chiqishiga ishonaman.

l3щ4plщ3lp

Hozirgi holatdan kelib chiqib, muxlislarga nima degan bo‘lar eding?

-  Ko‘rib turganingizdek, bu mening aybim emas. Men uchun muqaddas suv tom ma’noda muqaddas. Bu suvni mendan o‘g‘irlab olish ilinjida bolalardan foydalanganlar abadiy futboldan chetlatilishi lozim.

Mayli, bo‘lar ish bo‘ldi. Balki, o‘sha epizod uchun bolakaylar bilan suhbatlashish, o‘rni bo‘lsa uzr so‘rash kerakdir?! Bu fikrimga munosabatingiz qanday?

-  Men bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lganim yo‘q. Shunchaki, ulardan suvimni berishlarini talab qildim. Men hech kimni oldida uzr so‘ramoqchi emasman. Bolalarni birovni narsasini o‘g‘irlashga undagan shaxs kechirim so‘rasin. Mendan emas, haqiqatni bilmay turib menga tahdid qilayotgan boshqa insonlar oldida aybini tan olsin.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
12/08/2023 17:39
Милан хак водий футболидагилар уйинчилар ва мутахасислари албатта мухлислари эмас уларга гап йук футболдан кура провакатсияга куп берилишади уйинчи тегар тегмас оганаб олишади дарвозабон билан булган холатда 100%дарвоза ортида турган катта инсон болаларни ёшлигидан захрлаяпти жазо олиш керак .булса шу инсон олиш керак мен дарвозабонни кувватлайман бизни динимиз хар бир дин ванилин уни этикодини хурмат килади.
&
Zamon
12/08/2023 16:44
Aytayaptiku u nasroniy nimaga siginsa uzi biladi lekin tug‘ri gap birovning narsasini olib bulmaydi hozir u tug‘ri gapirgan bulib sukinganni jazolab ug‘irlikni olqishlaymizmi
&
Shahboz qarshi
12/08/2023 16:03
Bir intervyu uchun shuncha so'kishlaring kerakmi silarga gunoh orttirib.xozirgi vaqtga kelib g'iybatchi ayollar orqada qooib ketadi.fikrini yozmoqchi bo'lgan insonlarni kam uchrataman bu saytda.provoslabmi boshqami uyam inson.bu xolat provakatsiya shunchaki.va bu ish bermadi
Ойбек
13/08/2023 12:37
Дарвозабон бундай узини тутишига олиб келган сабабга Ким жавоб беради. Тугри у купол тутган узини лекин болакайларни бу харакатларини нима деб оклаймиз! Маьсул шахслар хам жавоб бериш керак
&
dilshodbekqambarov405@gmail.com
12/08/2023 21:14
Дарвоза ортидаги тогизни Ким Нима учун куйган.
Дарвлзабон эса прафесианал булиши шарт, Нима катта одамга бакиришни урнига болаларга бакиряпти, масулларга айтса кк кулайрок буларди.
Тулкин Гуломов
12/08/2023 19:34
Милан қаер (Ўзбекистон)да эканлигини унутиб қўйган. Нима бўлганда хам узр сўраш керак
&
Bek 56
12/08/2023 18:43
Сув у'риларини ва анови сув у'гирлашга боларни буюрган дарвоза ортидаги ту'нгиз башарани шахсини аник,лаб жазолаш керак
&
Muhiddin
12/08/2023 15:30
Барака топгурлар рекламаларингни дастидан хеч нарса ўқиб бўлмаябди.
&
Muhiddin
12/08/2023 15:27
Узур сурасин
&
Bek 56
12/08/2023 18:40
Мен Сугдиёна дарвозабонини сувини угирлаган ва угирлашга буюрган анаву ту'нгиз башарани халк,
Олдида сазойи к,илиб жазолаш керак бу итнинг болалари ва ановуэшшак
&
С.С.С
12/08/2023 15:30
Интизом қумитаси 5 ўйинга четлатиб 100 млн жарима қилсин токи бошқаларга ўрнак бўлсин далбаёплар деганига узр сўраб чиқсин сўрамаса депорт солвориш керак
&
С.С.С
12/08/2023 15:28
Ўша сувингни идиши билан кетинга тиқиш керак кейин сўкмайсан болаларни, сўкканим йўқ деб гапиришни қара