
"Milan" ustozi "Jenoa"ga qarshi o‘yindan so‘ng maydon holatini tanqid qildi
“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli kecha “Jenoa”ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qiyin maydonda qiyin o‘yin bo‘ldi. Agar birinchi bo‘limda hisobni ochganimizda, o‘yin taktik jihatdan o‘zgargan bo‘lardi. Biz bor kuchimizni berdik va muhim natijaga erishdik.
Ikkita gol o‘tkazib yubordik, garchi raqiblar juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lmagan bo‘lsalar ham, biz haqiqatdan ham juda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz.
Maydonning holati bizga aniq va texnik o‘yin ko‘rsatish imkonini bermadi. Biz o‘yin oxirigacha g‘alaba qozonishga harakat qildik, afsuski bunday bo‘lmadi”, - dedi Pioli.
Fikrlar