"Milan" va "Chelsi" o‘zaro kelishuvga erishishga yaqin turibdi
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko "Milan"ga qaytadigan bo‘lmoqda.
Jamoalar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Italiya klubi futbolchining ijarasi uchun 3 mln evrodan voz kechadi va 30 mln evro evaziga sotib olish huquqini g‘am saqlab qoladi.
Avvalroq, Bakayoko milanliklar bilan shartnomadagi bandlar bo‘yicha kelishib olgani ma’lum qilingandi.
U 2018/19 yilgi mavsumni ham "Milan"da ijarada o‘tkazgandi. O‘tgan mavsumda esa ijara asosida "Monako" safida to‘p tepdi.
Fikrlar