
"Milan"ga "Manchester Siti" himoyachisi kerak
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Nikolas Otamendi faoliyatini Itali A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashrining yozishicha 31 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga "Milan" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq esa uni "Atletiko" ham o‘z safida ko‘rishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Otamendi o‘tgan mavsum “shaharliklar” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 25 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar