
"Milan"ning uzoq muddatga safdan chiqqan futbolchisi mashg‘ulotlarga qaytdi
"Milan" futbolchisi Ismael Bennaser uzoq muddatga jarohat olib, jamoasiga yordam bera olmayotgandi. Ma’lum bo‘lishicha, u "rossonerilar" safida jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.
Hozirda uning maydonga tushish ehtimoli yuqori emas. Murabbiylar shtabi ham futbolchining sog‘lig‘i borasida tavakkal qilishni istamayapti. Biroq u katta ehtimol bilan A Seriya doirasidagi "Frozinone"ga qarshi bahs qaydnomasidan joy oladi.
Ma’lumot o‘rnida, Bennaser o‘tgan mavsum Evropa chempionlar ligasi yarim final o‘yinidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgandi. Shundan so‘ng, yarim himoyachi naq 6 oyni lazaretda o‘tkazdi.
Fikrlar