
Millatlar ligasi. Niderlandiya qo‘shnisini "yanchib" tashladi, Depaydan dubl!
Millatlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan Belgiya - Niderlandiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar yirik 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Depay bu bahsda dubl muallifiga aylandi. Yana ikki gol Bergveyn va Dyumfris hisobiga qayd etildi. Mezbonlarning yagona goli Batshuayi nomiga yozib qo‘yildi.
Shu tariqa, ilk turda "lolalar yurti" vakillari 3 ochko egasiga aylandi. "Qizil iblislar" dastlabki o‘yinda yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Fikrlar