Mircha Luchesku: Turkiya Rossiyadan kuchliroq

  • 11 sentabr, 2018, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida safarda Shvetsiya (3:2) ustidan qozonilgan muhim g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bugun natijadan ko‘nglim to‘ldi. Bu juda muhim g‘alaba bo‘ldi. Biz jamoa sifatida Rossiyadan kuchliroqmiz. Turkiya avvalgi uchrashuvlarda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Biroq, o‘sha o‘yinlarda bizga omad etishmadi. Bizning jamoamiz yosh tarkibga ega. Shunday bo‘lsada, biz ularga ishonib, xuddi shu ruhda o‘ynashda davom etishimiz kerak”, - deydi Luchesku.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya dastlabki turda o‘z maydonida Rossiyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!