Mirjalol Qosimov: Maqsad Namanganda bosh sovrin uchun kurashda ishtirok etish

  • 3 dekabr, 2020, 19:38
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing oxirgi tur o‘yini "Buxoro"ga (3:1) qarshi g‘alabali uchrashuvdan so‘ng, chempionat yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Birinchi navbatda, uzoq davom etgan va murakkab o‘tgan mavsum yaxshi notada tugagani bilan barchani tabriklayman. Mavsum uchun barchaga rahmat aytaman. Jamoamiz uchun mehnat qilgan qorovuldan boshlab, to rahbariyatga qadar minnatdorlik bildiraman. Eng muhimi, doim bizni qo‘llab-quvvatlab, kerakli pallada AGMKga dalda bo‘lgan muxlislarimizga ming rahmat. O‘tgan mavsum jamoamiz ko‘ngilgagidek ishtirok etolmaganiga qaramasdan, bizga ishongan va doim elkadosh bo‘lgan hammaga tashakkur. Uchinchi o‘rin AGMK tarixida kichik bir yangi sahifa. Qadam va qadam ishlashdan to‘xtamaymiz va yanada o‘sishga harakat qilamiz. Pandemiya munosabati bilan joriy mavsum har doimgidanda qiyin kechdi. Jamoamiz mavsum davomida koronavirus kasalligini ham boshdan o‘tkazdi. Shunga qaramasdan tinmasdan mehnat qilgan va maydonga chiqib borini bergan futbolchilarimdan minnatdorman. Ha, mavsum davomida o‘yinimizda pasayishlar yuzaga keldi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritish imkoniyati ham tug‘ilgandi, biroq ba’zi bellashuvlardagi muvaffaqiyatsizliklar yakunda kumush medaliga ega chiqishimizga to‘sqinlik qildi. Raqobatchilarimizga ikkinchi davrada mag‘lubiyatga uchraganimiz qimmatga tushdi. Birinchi davrani mag‘lubiyatsiz o‘tkazganimiz ham AGMK jamoasi tarixidagi kichik bir yoqimli statistika. Bu, albatta, futbolchilar va menga doim yordam berib kelgan murabbiylar shtabining mehnati.

Garchi chempionat tugagan bo‘lsa-da, mavsum hali jamoamiz uchun yakunlangani yo‘q. Hayot davom etadi. Chunki bizni seshanba kuni O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi muhim bahs kutmoqda. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish vazifasini hech kim bekor qilgani yo‘q. Bronza medali bu endi tarix. Biz hali yana ishlashda davom etamiz. Qisqa vaqt ichida kontsentratsiyani O‘zbekiston kubogiga qaratamiz. 20 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi finali Namanganda o‘tadi. Maqsad o‘sha kuni Namanganda bosh sovrin uchun kurashda ishtirok etish, - dedi Mirjalol Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Fk navbahor
03/12/2020 21:36
Sports.uz xodimlari silarga bitta savolim bor nimaga silar navbahorni 9-orinda kursatyapsilar xamma saytlar tv xam 8-orinda yakunladi deyatiku yoki lokomativ 8,orindami
&
Fk navbahor
03/12/2020 21:31
Yana paxtakor yordam bermasa agmkaga 2018 yutqazip bergan
Safar Nuriddinov
03/12/2020 20:52
Агар окалар уйинни олиб беришмаса навбахор агмк ни эзиб титиб ташлайди