
Mirjalol Qosimov shogirdlari Qozog‘istonning yana bir klubini mag‘lub etdi
Yangi mavsum taraddudining hal qiluvchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazgan AGMK ikki haftalik xorij yig‘inini yakunladi.
Yig‘in doirasidagi oxirgi o‘yin Qozog‘istonning o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 6-o‘rin sohibi "Jetisu" jamoasiga qarshi kechdi. Bellashuvda olmaliqliklar Zafar Polvonov va Jasur Umarovning gollari evaziga zafar quchdi - 2:0.
Mirjalol Qosimov shogirdlari yig‘in doirasida o‘tkazilgan 5 o‘yindan uchtasida g‘alaba ("Telavi" 3:2, "Atirau" 2:0, "Jetisu" 2:0) qozondi va bitta mag‘lubiyat ("Torpedo Belaz" 1:2) hamda bitta durang ("Torpedo Belaz" 2:2) qayd etdi.
AGMK ertaga Antaliya-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab charter reys orqali yurtimizga qaytib keladi.
AGMKda niderlandiyalik legioner ko‘rikdan o‘tmoqda (Foto)
Nazorat uchrashuvi.
"Miracle Football centre" stadioni.
AGMK - "Jetisu" (Qozog‘iston) 2:0
Gollar: Polvonov (67), Umarov (76)
AGMK: Botirali Ergashev - Dilshod Ahmadaliev, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Murod Toshmatov - Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov, Sanjar Shoahmedov - Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan, Elvin Fortes.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Umarov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Sheroz Jalolov, Vladimir Kozak, Dilshod Jo‘raev, Shohruh Gadoev, Zafar Polvonov.
Fikrlar