MLSda 30ta klub ishtirok etadi
MLS o‘zining rasmiy sayti tez orada ligada ishtirok etuvchi jamoalar soni oshirilishini ma’lum qildi.
Ta’kidlash kerakki, hozirda ushbu chempionatda jami 24ta klub kurash olib bormoqda.
2020 yildan boshlab esa "Inter Mayami" va "Neshvill", 2021 yildan esa "Ostin" klublari MLSda o‘z ishtirokini boshlaydi. Bundan tashqari, Sent-Luis va Sakramentodan ham jamoalar qo‘shilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda MLSda ishtirok etayotgan 24ta jamoaning 21tasi AQSh, qolgan 3tasi esa Kanada klubi hisoblanadi.
Fikrlar