Modrich "Evro-2024" turniri asosiy favoriti haqida gapirdi
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich "Evro-2024" turniri doirasida shanba kungi Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, Ispaniya turnirning asosiy favoriti. Jamoada iqtidorli futbolchilar ko‘p. Asosan, "Barselona" va "Real" Madriddan hamda La Ligada o‘zini ko‘rsata olgan boshqa yosh futbolchilardan iborat tarkib yig‘ilgan. Bosh murabbiy ham bir qancha o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazgan holda tarkibga jalb qilgan. Iqtidor va tajriba xilma-xilligiga ega jamoa.
Bu duelda bizga juda qiyin bo‘ladi, ammo biz qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. Agar o‘ylagan rejalarimizni amalga oshirolsak, ijobiy natijaga erishamiz", - dedi Modrich.
Fikrlar