
Modrich "Sevilya" darvozasiga urgan golidan so‘ng: "Biz oxirigacha kurashamiz va taslim bo‘lmaymiz. Bu "Real"ning DNKsida bor!"
La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Real" - "Sevilya" bahsida madridliklar 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindagi yagona golni zaxiradan maydonga tushgan Modrich urdi. Yarim himoyachi jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Uchrashuvdan so‘ng gol urgan Modrich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Har doimgidek, biz oxirigacha kurashamiz va taslim bo‘lmaymiz. Bu "Real"ning DNKsida bor, bir necha bor isbotlaganmiz ham.
Odatda, hammasini oldinroq hal qilishni istaysiz. Biroq shunday g‘alabalarning ham o‘z o‘rni va jozibasi bor. Ayniqsa, undagi emotsiyalarni tasvirlash alohida mavzu", - dedi xorvatiyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot o‘rnida, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Real" 65 ochko bilan La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinda ketmoqda. "Sevilya" esa 24 ochko jamg‘argan holda 15-pog‘onada qoldi.
Fikrlar