"Monako" bosh murabbiyi: "Barselona" 200 mln taklif qilsa, o‘ylab ko‘rishimiz mumkin

"Monako" bosh murabbiyi Roberto Moreno monegasklar forvardi Vissam Ben-Yedderga "Barselona" tomonidan qiziqish bildirayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Men bu haqida bir gap ayta olmayman. Ammo agar "Barselona" 200 million evro taklif qilsa, buni muhokama qilishib ko‘rishimiz mumkin. 80 million juda oz", - deydi Moreno.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kataloniya klubi hujumchi uchun "Monako"ga 80 million evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!