"Monako" darvozaboni Saudiyani tanlaydimi yoki Gretsiya?
30 iyun kuni “Monako” bilan shartnomasi yakuniga etadigan darvozabon Daniel Subashich faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 35 yoshli xorvatiyalik posbonga “Olimpiakos”dan taklif bo‘lmoqda.
Ammo, Danielda Osiyoga kelish imkoniyati ham bor. Boisi, unga Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi ham jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Ma’lumot uchun, Subashich “Monako” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar