"Monako" MYu va "Real" qiziqayotgan 19 yoshli futbolchisini qanchaga sotmoqchi?

  • 03.08.2020 12:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako" klubi rahbariyati bir qator grandlar e’tiboriga tushgan markaziy himoyachisi Benua Badyashilyani qanchaga sotishini ma’lum qildi.

Get French Football News nashrining yozishicha, monakoliklar 19 yoshli frantsuzni 30 million evroga transfer qilmoqchi. Unga "Real", "Manchester Yunayted" va "Bayer" kabi jamoalardan jiddiy qiziqish bor. 

Ma’lumot uchun, Badyashilya joriy mavsum “Monako” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 18 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!