"Monako" o‘z tarikibiga 21 yoshli futbolchini qo‘shib oldi
"Monako" "Strassbur" yarim himoyachisi Yussef Fofani bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
21 yoshli frantsiyalik futbolchi monegasklar bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi. Ushbu transfer narxi haqida ma’lumotlar ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Monako" Liga 1 ning yana bir vakili "Bordo" xavbeki Orelen Chuaeminini xarid qilgan edi.
Fikrlar