Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

Monakoda kim qancha ochko ishladi?

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Konstruktorlar Kubogi jadvalida “Red Bull” 276 ochko bilan jadvalning yuqori joyini egallab turibdi.

"Formula-1"ning 2024-yilgi mavsumining 8-Grand-Prisi yakunlandi. Poygada Lekler g‘olib chiqib 25 ochko ishlab oldi va haydovchilar jadvalida Maks Verstappen bilan oradagi ochkolar sonini 11 taga qisqartirdi. Norris va Sayns Perezni 3-o‘rindan 5-pag‘onaga tushirib yuborishdi.

Konstruktorlar Kubogi jadvalida “Red Bull” 276 ochko bilan jadvalning yuqori joyini egallab turibdi. Ro‘yxatda yagona o‘zgarish “Uilyams”ning 2 ochko evaziga 8-o‘ringa chiqqani bo‘ldi. Jamoalar orasida hali birorta ochko ishlab ololmagan jamoa bu “Kik Zauber” bo‘lib qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q