Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

"Monstr" va "Kanelo" o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yaqin orada ko‘rmaymiz shekili, chunki...

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U uchun jiddiy raqiblar ko‘p.

WBC rahbari Maurisio Sulaymon so‘nggi bir necha hafta ichida supero‘rta va yarim og‘ir vaznda jahon chempioni unvonlari uchun majburiy da’vogar bo‘lgan Devid Benavides (29-0, 24 KO) nihoyat boshqa vazndagi kamar uchun kurashishga qaror qilganini ma’lum qildi. 

Shu tariqa Benavides oktyabr oyida Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO) va Artur Beterbiev (20-0, 20) o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mutlaq chempionlik  jangi g‘olibiga majburiy raqib bo‘ladi.

Shu bilan birga, WBC kamari sohibi Saul Alvares (61-2-2, 39 KO) Benavides bilan himoyalanish majburiyatidan ozod etildi. "Monster" va "Kanelo" o‘rtasidagi qarama-qarshilik butun dunyodagi boks muxlislari tomonidan eng ko‘p kutilgan uchrashuvlardan biri edi, biroq Alvares shoshilmadi va endi Benavidesga qarshi jang qilishdan bosh tortgani uchun WBC kamarini qo‘ldan chiqarmaydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q