
Morata Angliyaga qaytishi mumkin
“Manchester Yunayted” Kodi Gakponi qo‘ldan boy bergach, boshqa hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. “ESPN” nashri xabar berishicha, “qizil iblislar” Alvaro Moratani ijaraga olmoqchi.
Ispaniyalik futbolchi uchun Premer-Liga begona emas. U 2017-2020 yillar oralig‘ida “Chelsi” sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun Morataning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U ushbu mavsum barcha chempionatlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar