Morgan Rojers uchun kurash qizimoqda: "Bavariya" ham da'vogarlar safida

  • 10.04.2026 12:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Aston Villa" vingeri Morgan Rojers yozgi transfer oynasi oldidan Evropaning yirik klublari diqqat markaziga aylandi. "The Times Sport" ma'lumotiga ko‘ra, 23 yoshli angliyalik hujumchiga bir qator top jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Myunxenning "Bavariya" klubi ham futbolchini kuzatayotgan jamoalar qatoriga qo‘shilgan. Nemis grandi Rojers uchun "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va PSJ bilan raqobatga kirishi mumkin. Bu esa yozda katta transfer kurashini yuzaga keltirishi kutilmoqda.

Hozirda "Aston Villa" o‘z yetakchilaridan biri bo‘lgan futbolchini kamida 80 million yevro atrofida baholamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangani bois, xaridorlar katta mablag‘ni tayyor qilishiga to‘g‘ri keladi.

Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida Rojers 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning barqaror o‘yini va universalligi top klublar qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!