Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mourin'yo: Men "Real"ning uch xil yuzini ko'rdim

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Joze bor gapni aytdi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniyaning Marca nashriga bergan intervyusida Italiyanning "Fiorentina" jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirib, "Qirollik klubi"ga qayta kelganidan keyingi ilk taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. 

Maʼlumki, 63 yoshli portugaliyalik mutaxassis iyun oyida "Real"ni qayta qabul qilib olgan, u bilan 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnoma imzolangan. Mourinyo 2010–2013 yillarda ham madridliklarni boshqargan, oʻsha davrda jamoa bilan birga Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan.

— "Fiorentina"ga qarshi oʻyinda men "Real"ning uch xil qiyofasini koʻrdim: yangi kuchga toʻlgan, charchagan va butunlay haddan tashqari toliqkan, — deya taʼkidladi Mourinyo. — Yangi kuch bilan maydonga tushgan tarkib juda yaxshi oʻynadi. Birinchi boʻlimni juda yuqori darajada oʻtkazdik va hisobni yirik qilib olib borishimiz mumkin edi. Ikkinchi boʻlim esa jismoniy kurash nuqtai nazaridan ancha ogʻir kechdi, chunki bizga xos boʻlgan italyancha uslubda oʻynaydigan raqibga qarshi toʻgʻri keldi.

— "Real" baribir "Real", hatto oʻrtoqlik oʻyinida ham, — deya davom etdi murabbiy. — Mashgʻulotlarning birinchi kunidanoq jamoaning ishtiyoqi va munosabatidan mamnunman, garchi jahon chempionatidan keyin barcha futbolchilar hali jamoaga qaytib ulgurmagan boʻlsa-da. Madridga qaytishim yuzasidan hozircha qandaydir alohida hissiyot sezmayapman. Hammasi hali oldinda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q