
Mourino “Barsa” futbolchisini chaqirdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Barselona” rahbariyati tomonidan transferga qo‘yilgan himoyachi Kleman Langleni Rimga chorlayapti. Portugaliyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchi jamoaning himoya chizg‘ini mustahkamlay olishiga ishonmoqda.
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoaning himoya chizig‘ini “Chelsi”dan Andreas Kristensen olinganidan keyin qayta tashkil qilishni rejalashtirgan. Qolaversa, kataloniyaliklar yangi o‘yinchilarni olish uchun o‘z tarkibidagi futbolchilardan bir nechtasini sotib yuborishga majbur bo‘lmoqda.
Kleman Langle klubdan birinchilardan bo‘lib ketadiganlardan hisoblanadi.
Bu o‘yinchiga Mourinodan tashqari “Marsel” va “Tottenxem” bosh murabbiylari ham o‘z jamoasidan joy berishga tayyor.
Fikrlar