Mourino “Chelsi”ni boshqarish taklifiga javob berdi

  • 2 may, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Chelsi”ni boshqarishga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Tecno

Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis Rim klubidagi faoliyatini davom ettirish maqsadida “aristokratlar” taklifiga rad javobini berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi mutasaddilari yaqinda Mourino bilan hamkorlki masalasida muzokara o‘tkazgan. Suhbat chog‘ida Joze “Roma” bilan shartnomasini oxiriga etkazib qo‘yishini aytgan.

Mourinoning Rim klubi bilan hamkorligi kelasi yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Tez orada 60 yoshli mutaxassis rahbariyat bilan kelajagini muhokama qilib oladi va kelishuv yana uzaytirilishi mumkin.

Mourino bungacha “Chelsi”ni ikki marotaba – 2004-2007 va 2013-2015 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida “aristokratlar” uch marotabadan Angliya chempioni va Liga kubogi g‘olibi, bir martadan mamlakat kubogi va Superkubogi egasi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!