Mourinyo Gyulerni xursand qildi
Endi hammasi boshqacha bo‘ladi
«Real Madrid» yarim himoyachisi Arda Gyuler Joze Mourinyo qo‘l ostida jamoaning asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egallab bormoqda.
21 yoshli futbolchining maydondagi o‘rni tobora bahssiz bo‘lib bormoqda. The Touchline nashrining Marca ga tayanib xabar berishicha, Gyulernig ishonchli va barqaror o‘yini, turli pozitsiyalarda birdek samarali harakat qilishi Mourinyoni jiddiy ravishda ishontirgan.
Yosh turk yarim himoyachi joriy mavsumda madridliklar safida 11 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli pas muallifiga aylandi.
Yakshanba kuni «Real» La Liganing o‘ninchi turi doirasida safarda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. Arda Gyuler ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Izohlar (0)